Ijtimoiy mas`uliyat

Biz bilan bog`lanish (24/7)

Biz bilan bog'lanish
Korporativ ijtimoiy mas’uliyat
img

Korporativ ijtimoiy mas`uliyat (KIM)

Korporativ ijtimoiy mas’uliyat ixtiyoriy majburiyatlar, shu jumladan, korporativ amaliyotimizdagi iqtisodiy, ijtimoiy va ekologik mezonlar va harakatlarni anglatadi. "MESMER" da biz yangi avlod uchun barqaror kelajak yaratish orqali korporativ fuqarolik sohasida yetakchi bo‘lishga intilamiz. Bizning atrof-muhitga oid majburiyatimiz ishlab chiqarish jarayonlarimizning global ta'sirini kamaytirishdan iboratdir, bu esa "MESMER" ga ham, mijozlarimizga ham sog'liqni saqlash, ta'lim va atrof-muhitni muhofaza qilishni yaxshilash orqali yanada samaraliroq ishlash imkonini beradi.

"MESMER" barcha xodimlarining sog'lig'i uchun xavfni minimallashtiradigan ish muhitini yaratishga intiladi. Biz ham atrof-muhitga texnologik jarayonlarimizning, ham atrof-muhitga chiqindilar va ifloslantirish darajasini kamaytirish orqali inson salomatligiga ta’siri bilan bog’liq muammolarni hal qilish hamda baxtsiz hodisalar va jarohatlarning oldini olish uchun mehnat sharoitlarini saqlash uchun barcha harakatlarni amalga oshirmoqdanmiz. Biz tabiiy zahiralarni o‘zlashtirishni qo‘llab-quvvatlashdan tashqari, ko‘plab muhtoj odamlarga to‘g‘ridan-to‘g‘ri ijtimoiy imtiyozlar beramiz.

"MESMER" ijtimoiy mas'uliyatiga quyidagilar kiradi:
• Atrof-muhit va tabiiy zahiralarni muhofaza qilish
• Standartlashtirish va sifatni saqlash madaniyatini rag'batlantirish
• Ish o'rinlarini yaratish orqali jamolarni va ijtimoiy ta’minotni qo'llab-quvvatlash
• Hamkorlik va sheriklik madaniyatini rivojlantirish.

Barqaror rivojlanish

"MESMER" kompaniyasi Birlashgan Millatlar Tashkilotining barqaror rivojlanish sohasidagi 17 maqsadidan 7 tasini amalga oshirishga hissa qo’shishga harakat qilib kelmioqda. Biz hozirda va kelajakda atrof-muhitni muhofaza qilish orqali sayyoramiz haqida g'amxo'rlik qilishda faol rol o'ynab kelmoqdamiz.

№ 6 TOZA SUV VA OQOVA
№ 7 ARZON VA TOZA ENERGIYA
№ 8 MUNOSIB MEHNAT VA IQTISODIY O'SISH
№ 9 SANOAT, INNOVATSIYA VA INFRASTRUKTURA
№ 11 UYG’UN RIVOJLANAYOTGAN SHAHAR VA JAMOALAR
№ 13 IQLIM O'ZGARISHIGA QARSHI KURASH
№ 17 MAQSADLARGA ERISHISH YO’LIDA HAMKORLIK

Ijtimoiy-ekologik mas’uliyat "MESMER" kompaniyasining dengiz muhitini ifloslantirish muammosini hal qilishdagi strategiyalarini yaratish bo’yicha asosiy faoliyatlaridan biri bo’lib mijozlrimiz uchun bu qadrlidir. Yuqori malakali muhandislarimizga barqaror rivojlanish tamoyillariga javob beradigan innovatsion usullarni ishlab chiqishda doimiy qo‘llab-quvvatlash va yordam berib kelinadi. Biz amalga oshiriyotgan har bir ishda uning har qanday zararli ta'sirini minimallashtirishga va iloji boricha unum olishga harakat qilamiz.