Xizmatlar

Biz bilan bog`lanish (24/7)

Biz bilan bog'lanish

Bizning xizmatlarimiz

"MESMER" o`z sho'ba korxonalari va xalqaro hamkorlari bilan hamkorlikda ichki, mintaqaviy va xalqaro bozorlarda bosh pudratchi sifatida faoliyat yuritishga tayyor. Biz quyidagi xizmatlar ko`lamini taqdim etamiz:

img

Loyihalarni boshqarish

img


"MESMER" eng ilg'or texnologiyalarni taqdim va tatbiq etadi:
- Jahon darajasidagi boshqaruv malakalari;
- Marketing va biznesni rivojlantirish;
- Intellektni rivojlantirishga urg’u;
- Tadqiqiy jarayon va tadqiqot natijalari;

Ekspluatatsiya va texnik xizmat ko'rsatish

Asbob-uskunalarning xavfsizligi va ishonchliligini ta'minlash o`rnatmalarni ekspluatatsiyada muhim rol o'ynaydi. Ushbu maqsadga erishish uchun "MESMER" kompaniyasi loyihaning barcha bosqichlari bo`yicha texnik-iqtisodiy izlanishlardan tortib, loyihalash-konstruktorlik ishlari, injiniring, xarid qilish, qurilish va tijorat ekspluatatsiyasigacha bo'lgan keng ko'lamli ekspluatatsiya qilish va texnik xizmatlarni taklif etadi.

"MESMER" o'z mijozlarining ehtiyojlariga muvofiq ekpluatatsiya va texnik xizmat ko'rsatish xizmatlari, jumladan rejalashtirish, tizimni ishlab chiqish va o'qitish kabi operatsiyaga tayyorgarlik; konsalting xizmatlari, shu jumladan foydani optimallashtirish, ishonchlilik va xavfsizlikni yaxshilash, shuningdek, har xil turdagi texnik xizmat ko'rsatishni rejalashtirish, o'tkazish va ishlatish bo'yicha xizmatlarning to'liq ko’lamini taqdim etadi. Bundan tashqari, operatsion ma'lumotlarni to'plash va tahlil qilish orqali ehtimoliy ekspluatatsion nosozliklarni oldindan ko’rsa bo`ladi, bu esa bizga o`rnatma va uskunaning ishlash samaradorligini yaxshilash uchun eng ilg'or texnologiyalarni qo'llash imkonini beradi.

img

Asbob-uskunalar xaridi

Asbob-uskunalar xarid qilish/yetkazib berish "MESMER" kompaniyasi faoliyatining asosiy tarkibiy qismlaridan biridir. Maqsadlarimizga erishish uchun biz qurilish sohasida yaxshi tashkil etilgan va yuqori malakali mutaxassislar jamoasi, loyilash, boshqaruv bo'limi va boshqa mutaxassislar bilan hamkorlik qilamiz. Amaliy tajribaga asoslanib, biz uskunalar yetkazib berish uchun to'liq javobgarmiz:
• Asbob-uskunalarni mamlakat ichida va tashqarisida ishlab chiqarish imkoniyatlarini ko'rib chiqish.
• Mahalliy va xorijiy pudratchilar bilan ishlab chiqarish texnologiyasini mamlakat ichkarisida yetkazish va loyihalar uchun valyuta sarfini kamaytirish maqsadida asbob-uskunalar yetkazib berish va ishlab chiqarish bo‘yicha shartnomalarni boshqarish.
• Loyihalar uskunalarini yetkazib berish va ishlab chiqarishni nazorat qilish.
• Xarid qilish grafigini tuzish, jumladan, ashyolar buyurtmasi, buyurtmani texnik baholash, buyurtmani texnik tasdiqlash, yetkazib bersih buyurtmasi va yetkazib berish/xarid qilish sanalarini nazorat qilish.

Muhandislik-texnikaviy loyihalash

Injiniring sho'ba korxonasi professional malaka va tajribaga ega bo'lgan loyihalash va muhandislik guruhlarini yaratgan holda mijozlari bilan yaqindan hamkorlik qiladi. Bizning asosiy maqsadimiz - mijozning barcha kerakli talablarini qondirgan holda loyihani ishlab chiqish uchun eng yaxshi yechimni topishdir. Binobarin, bizning faoliyatimiz quyidagilarni o'z ichiga oladi:
• Tenderlar uchun texnik hujjatlarni tayyorlash, rasmiylashtirish va o'rganish, shuningdek, loyiha spetsifikatsiyalarini optimallashtirish.
• Subpudratchilar tomonidan bajarilgan loyihalarni ko'rib chiqish.
• Yordamchi elektr va mexanik uskunalarni loyihalash va ularni ishlab chiqarish, o'rnatish va ishga tushirish bo'yicha ko'rsatmalar berish.

img

Moliyaviy yordam

img


Bosh pudratchining eng muhim vazifalaridan biri kelajakdagi loyihalar uchun moliyaviy vositalarni tayyorlashdir. Yuqoridagi faktni inobatga olgan holda, "MESMER" quyidagi tarzda moliyaviy yordam ko'rsatadi:
• Sarmoyadorni taqdimoti va "MESMER" ning loyihani moliyalashtirishdagi ishtiroki;
• Loyihani amalga oshirish uchun moliyaviy modellarni ishlab chiqish;
• Mahalliy va xorijiy sarmoyadorlardan moliyalashtirish bo‘yicha takliflar olish, muzokaralar tashkil etish va zarur sarmoyalash choralarini ko‘rish.