Covid-19

Biz bilan bog`lanish (24/7)

Biz bilan bog'lanish

COVID-19 epidemiyasi sababli hamkasblarimiz, mijozlarimiz, biznes hamkorlarimiz, yaqinlarimiz va vatandoshlarimiz salomatligini himoya qilish uchun biz bir qator yangi ishlash odatlarini qabul qilmoqdamiz:

• Uydan/ofisdan turib ishlash
• Gigiyena/Sanitariya
• Xavfsiz muloqot

Covid-19 ning tarqalishini oldini olish

Dunyoning yetakchi kompaniyalari bilan bir qatorda "MESMER" kompaniyasi o`zi faoliyat yuritayotgan hududlarda koronavirus tarqalishini diqqat bilan kuzatib bordi va unga qarshi kurashish bo‘yicha o‘rnak ko‘rsatmoqda. "MESMER" o'zining qadriyatlari va mas'uliyatiga muvofiq barcha ob'ektlarda gigiyena nazoratini kuchaytirdi.

Niqoblar, dori-darmonlar, qo'llarni tozalash va dezinfektsiyalash vositalari sotib olindi, haroratni o'lchash punktlari tashkil etildi, qo'llarni dezinfeksiya qilish nuqtalari tashkil qilindi. "MESMER" ning sog`liq, mehnat va atrof-muhitni muhofaza qilish bo'limi, shuningdek, tibbiy xodimlarning kechayu kunduz bo`lishlarini ta`minladi. Guruh xavfsiz mehnat sharoitlarini ta'minlash uchun qonunchilik va ilg'or tajribalarga rioya qilgan holda barcha zarur choralarni ko'rmoqda.

"MESMER" da COVID-19 tarqalishinig oldini olish choralari

img

"MESMER" kompaniyasi koronavirus infeksiyasi tarqalishining oldini olish uchun tashkiliy, sanitariya va epidemiologik chora-tadbirlar rejasini ishlab chiqdi. Bu Guruhning barcha loyihalarida amalga oshirilmoqda:

• Barcha tekshirish-o‘tkazish punktlarida kirib-chiqish nazorati kuchaytirildi, ishchilarning tana haroratini o‘lchash uchun zamonaviy teplovizorlar o‘rnatildi.
• Ishchilarning immunitetini oshirish va kasalliklarning oldini olish uchun ovqatlanish ratsioniga S vitamiga boy mahsulotlar kiritildi.
• Barcha obyektlar hududida 2 tilda (rus va ingliz) bannerlar ko'rinishidagi axborot materiallari joylashtirildi.
• Virus va zarur ehtiyot choralari haqida xabardorlikni oshirish uchun koronavirus bo`yicha yorituv-o`rgatuv materiallaridan foydalanilmoqda.
• Guruh loyihalarining tibbiyot markazlari qo‘shimcha dori vositalari bilan ta`minlandi.
• Ofis binolari, ijtimoiy ovqatlanish joylari va xodimlar turar joylari muntazam ravishda dezinfeksiya qilinadi.
• Uydan/ofisdan ishlash: Biz uydan turib ishlash siyosatimiz ko`lamini kengaytirdik. Bizning ofis xodimlarimizning 50% uydan turib ishlaydi - biz mijozlarimizga, hamkorlarimizga, hamkasblarimizga Microsoft Teams, elektron pochta, telefon va skype konferentsiyalari orqali yordam berishda sa`y-harakatimizni ayamayapmiz. Bizning ofislarimiz doimo ochiq.
• Gigiyena/Sanitariya: Biz kechayu kunduz ofisimizni muntazam ravishda tozalab turish uchun sa'y-harakatlarimizni ikki baravar oshirmoqdamiz.
• Muloqot: Hammani bir xilda xabardor qilish uchun menejerlar/jamoa rahbarlari va xodimlarimizga koronavirus haqida ko'rsatmalar bilan muntazam muloqot o`rnatilgan. Bizning rahbarlarimiz jamoasi har kuni onlayn tarzda uchrashib turibdi.