Biz Haqimizda

Biz bilan bog`lanish (24/7)

Biz bilan bog'lanish

Kompaniya haqida

"MESMER" - loyihalash, asbob-uskunalar bilan ta'minlash, qurilish, loyihalarni boshqarish kabi sohalarda mijozlarning individual ehtiyojlarini hisobga olgan holda, xalqaro bozorda loyihalash (muhandislik) va tijorat xizmatlarining keng spektrini taklif qiluvchi ko'p tarmoqli kompaniya hisoblanadi.

Bizning kompaniyamiz 2004 yilda tashkil etilgan bo'lib, uning malakali mutaxassislari o'qishni muvaffaqiyatli o`tab amaliy bilimlarga egadirlar. "MESMER" innovatsion texnologik yechimlarni taqdim etuvchi va ichimlik suvi va oqava suvlarni tozalash sohasida, suv ta’minoti, kanalizatsiya, irrigatsiya va melioratsiya tizimlarida o‘z bilim va tajribasini muvaffaqiyatli joriy etib kelayotgan professionallar jamoasini tashkil etadi.

Biz davlat va munitsipal kompaniyalar, xalqaro loyihalar ishlab chiquvchilari, sug'urta kompaniyalari va sanoat korxonalari bilan faol hamkorlik qilib kelayotgan jadal rivojlanayotgan kompaniyamiz.

Maqsad va vazifalar

Bizning asosiy maqsadimiz butun dunyo bo‘ylab mijozlar bilan uzoq muddatli hamkorlikni rivojlantirish, innovatsion yechimlar, jahon darajasidagi xizmatlar va yuqori sifatli mahsulotlar, maksimal samaradorlik, katta texnik tajriba va sarmoyalardan maksimal daromad olish orqali yetakchi ko‘p tarmoqli kompaniya bo‘lib qolishdir.

img

Maqsadiy niyatlarimiz

Bizning asosiy vazifamiz qurilish xizmatlari sohasida ishonchli EPC (Injiniring, Ta’minot va Qurilish) pudratchisi sifatida o’zimizni ko'rsatish va yuqori sifatli asbob-uskunalarning ishonchli yetkazib beruvchisi sifatida xalqaro e'tirofga ega bo'lish orqali mijozlarimiz tomonidan tan olinishidir. "MESMER", erishgan yutuqlarimizdan kelib chiqib, Tojikiston va Qirg‘iziston kabi qo‘shni davlatlarda o‘z faoliyatini kengaytirishni maqsad qilib qo’ygan.

img

Axloq kodeksi

"MESMER" kompaniyasining siyosati xodimlar, direktorlar, aksiyadorlar, mijozlar, yetkazib beruvchilar, shuningdek, davlat idoralari, media kompaniyalari va davlat korxonalari bilan biznes olib borishda axloqiy kodeks me’yorlariga amal qilishdir.

Halollik, samimiylik va yuksak darajadagi obro’-e’tibor "MESMER" ning eng muhim ustunliklaridandir. Kompaniya o`zining yuqoridagi barcha ustunliklariga o'z xodimlari, vakillari, namoyondalari va maslahatchilari, mansabdor shaxslari va direktorlarining uyg’un va sifatli ishi tufayli erishdi.

Bizdagi har bir xodim kompaniyaning axloq kodeksiga rioya qilish uchun javobgardir.

Shuni ta'kidlash kerakki, "MESMER" kompaniyasining ijtimoiy qadriyatlari, qonunlari va qoidalari umume'tirof etilgan jahon standartlaridan sezilarli darajada farq qilishi mumkin (kodeksning ba'zi qoidalari turli mamlakatlarda turlicha bo’lishi mumkin). Biroq, "MESMER" Kodeksning ta'sis tamoyillari va asosiy me’yorlari asoslangan,dolzarb va hamma joyda qo'llaniladigan xarakterga ega bo’lib boshqa yurisdiktsiyalarning qoidalari va nizomlariga mos kelishiga qat'iy ishonadi.

"MESMER" jahon bozorlariga yuqori sifatli mahsulotlarni yetkazib berish orqali mijozlar, xodimlar va aktsiyadorlar oldida o‘z ustunligi, qadr-qimmati, nufuzi va obro‘sini oshirishga intiladi.

Yetkazib beruvchilar, hamkorlar va mijozlar bilan hamkorlik qilish

"MESMER" axloqiy me'yorlari tufayli yetkazib beruvchi, hamkor va mijozlar bizning ko’p tarmoqli kompaniyamizning yuqori malakali mutaxassislariga to'liq ishonishlari mumkin. Bizning yetkazib beruvchilarimiz "MESMER" kompaniyasining axloq kodeksiga mos keladigan axloqiy qadriyatlarga ega bo'lishi kerak.

img
img

Adolatli raqobat

"MESMER" bozorlarda raqobat qoidalariga rioya qilgan holda yarmarka va tenderlarda faol ishtirok etadi. Bu raqobatchilar bilan bir qatorda mijozlar va yetkazib beruvchilarga ham tegishli.

Sifat nazorati

Mesmer Quality

"MESMER" kompaniyasi Birlashgan Millatlar Tashkilotining barqaror rivojlanish sohasidagi 17 maqsadidan 7 tasini amalga oshirishga hissa qo’shishga harakat qilib kelmioqda. Biz hozirda va kelajakda atrof-muhitni muhofaza qilish orqali sayyoramiz haqida g'amxo'rlik qilishda faol rol o'ynab kelmoqdamiz.

• Mijozlarning barcha talablariga javob beradigan sifatli xizmatlarni taqdim etish;
• Kompaniya mavqeini xalqaro sifat standartlariga muvofiq milliy va xalqaro darajada ishonchli EPC pudratchisi darajasiga ko'tarish;
• Xodimlar salomatligi, xavfsizligi va atrof-muhitni muhofaza qilish qoidalariga rioya qilish;
• Kompaniya xizmatlari sifatini oshirish uchun xodimlarni doimiy ravishda o'qitish va qayta tayyorlash hamda jamoaviy ishtirok etish madaniyatini rag’batlantirish;
• Jarayonlarni aniqlash, joriy etish va monitoring qilish, shuningdek kompaniya faoliyatini muntazam ravishda baholash orqali sifatni boshqarish tizimini doimiy ravishda takomillashtirish;
• Kompaniya loyihalarini amalga oshirish uchun eng yangi texnologiyalarni qo'llash;
• Kompaniya faoliyatini takomillashtirish uchun integratsiyalashgan boshqaruv tizimlari va zamonaviy axborot texnologiyalarini qo'llash;

Kompaniyaning muvaffaqiyati uning barcha xodimlarining standartlar va sifat tizimlarini to'g'ri tashkil etish va qo'llab-quvvatlashda ishtirok etishi va hamjihat sa'y-harakatlari, va shuningdek, kompaniyaning barcha faoliyatini doimiy ravishda takomillashtirishga bog'liq. Kompaniya rahbariyati yuqoridagi maqsadlarni amalga oshirish uchun shart-sharoitlar yaratishda har tomonlama qo‘llab-quvvatlashini qat’iy bildiradi.

Korporativ ijtimoiy mas’uliyat

Korporativ ijtimoiy mas’uliyat ixtiyoriy majburiyatlar, shu jumladan, korporativ amaliyotimizdagi iqtisodiy, ijtimoiy va ekologik mezonlar va harakatlarni anglatadi. "MESMER" da biz yangi avlod uchun barqaror kelajak yaratish orqali korporativ fuqarolik sohasida yetakchi bo‘lishga intilamiz. Bizning atrof-muhitga oid majburiyatimiz ishlab chiqarish jarayonlarimizning global ta'sirini kamaytirishdan iboratdir, bu esa "MESMER" ga ham, mijozlarimizga ham sog'liqni saqlash, ta'lim va atrof-muhitni muhofaza qilishni yaxshilash orqali yanada samaraliroq ishlash imkonini beradi.

"MESMER" barcha xodimlarining sog'lig'i uchun xavfni minimallashtiradigan ish muhitini yaratishga intiladi. Biz ham atrof-muhitga texnologik jarayonlarimizning, ham atrof-muhitga chiqindilar va ifloslantirish darajasini kamaytirish orqali inson salomatligiga ta’siri bilan bog’liq muammolarni hal qilish hamda baxtsiz hodisalar va jarohatlarning oldini olish uchun mehnat sharoitlarini saqlash uchun barcha harakatlarni amalga oshirmoqdanmiz. Biz tabiiy zahiralarni o‘zlashtirishni qo‘llab-quvvatlashdan tashqari, ko‘plab muhtoj odamlarga to‘g‘ridan-to‘g‘ri ijtimoiy imtiyozlar beramiz.

logo
"MESMER" ijtimoiy mas'uliyatiga quyidagilar kiradi:
• Atrof-muhit va tabiiy zahiralarni muhofaza qilish
• Standartlashtirish va sifatni saqlash madaniyatini rag'batlantirish
• Ish o'rinlarini yaratish orqali jamolarni va ijtimoiy ta’minotni qo'llab-quvvatlash
• Hamkorlik va sheriklik madaniyatini rivojlantirish.

Barqaror rivojlanish

"MESMER" da biz Birlashgan Millatlar (BMT) ning 17 ta barqaror rivojlanish maqsadlaridan 7 tasiga erishish uchun o'z hissamizni qo'shishga intilamiz. Biz o'ylaymiz atrofni muhofaza qilish orqali hozirda va kelajakda sayyoramizga g'amxo'rlik qilishda faol rol o'ynab kelmoqdamiz.
№ 6 TOZA SUV VA OQOVA
№ 7 ARZON VA TOZA ENERGIYA
№ 8 MUNOSIB MEHNAT VA IQTISODIY O'SISH
№ 9 SANOAT, INNOVATSIYA VA INFRASTRUKTURA
№ 11 UYG’UN RIVOJLANAYOTGAN SHAHAR VA JAMOALAR
№ 13 IQLIM O'ZGARISHIGA QARSHI KURASH
№ 17 MAQSADLARGA ERISHISH YO’LIDA HAMKORLIK
Ijtimoiy-ekologik mas’uliyat "MESMER" kompaniyasining dengiz muhitini ifloslantirish muammosini hal qilishdagi strategiyalarini yaratish bo’yicha asosiy faoliyatlaridan biri bo’lib mijozlrimiz uchun bu qadrlidir. Yuqori malakali muhandislarimizga barqaror rivojlanish tamoyillariga javob beradigan innovatsion usullarni ishlab chiqishda doimiy qo‘llab-quvvatlash va yordam berib kelinadi. Biz amalga oshiriyotgan har bir ishda uning har qanday zararli ta'sirini minimallashtirishga va iloji boricha unum olishga harakat qilamiz. Biz taqdim etamiz: Yuqori sifatli muhandislik-konstruktorlik va qurilish xizmatlari Individual loyihalash zamonaviy texnologiyalar.