"MESMER" - loyihalash, asbob-uskunalar bilan ta'minlash, qurilish, loyihalarni boshqarish kabi sohalarda
mijozlarning individual ehtiyojlarini hisobga olgan holda, xalqaro bozorda loyihalash (muhandislik) va tijorat
xizmatlarining keng spektrini taklif qiluvchi ko'p tarmoqli kompaniya hisoblanadi.
Bizning kompaniyamiz 2004 yilda tashkil etilgan bo'lib, uning malakali mutaxassislari o'qishni muvaffaqiyatli o`tab
amaliy bilimlarga egadirlar.
"MESMER" innovatsion texnologik yechimlarni taqdim etuvchi va ichimlik suvi va oqava suvlarni tozalash sohasida,
suv ta’minoti, kanalizatsiya, irrigatsiya va melioratsiya tizimlarida o‘z bilim va tajribasini muvaffaqiyatli joriy etib
kelayotgan professionallar jamoasini tashkil etadi.
Biz davlat va munitsipal kompaniyalar, xalqaro loyihalar ishlab chiquvchilari, sug'urta kompaniyalari va sanoat
korxonalari bilan faol hamkorlik qilib kelayotgan jadal rivojlanayotgan kompaniyamiz.
Bizning asosiy maqsadimiz butun dunyo bo‘ylab mijozlar bilan uzoq muddatli hamkorlikni rivojlantirish, innovatsion yechimlar, jahon darajasidagi xizmatlar va yuqori sifatli mahsulotlar, maksimal samaradorlik, katta texnik tajriba va sarmoyalardan maksimal daromad olish orqali yetakchi ko‘p tarmoqli kompaniya bo‘lib qolishdir.
Bizning asosiy vazifamiz qurilish xizmatlari sohasida ishonchli EPC (Injiniring, Ta’minot va Qurilish) pudratchisi sifatida o’zimizni ko'rsatish va yuqori sifatli asbob-uskunalarning ishonchli yetkazib beruvchisi sifatida xalqaro e'tirofga ega bo'lish orqali mijozlarimiz tomonidan tan olinishidir. "MESMER", erishgan yutuqlarimizdan kelib chiqib, Tojikiston va Qirg‘iziston kabi qo‘shni davlatlarda o‘z faoliyatini kengaytirishni maqsad qilib qo’ygan.
"MESMER" kompaniyasining siyosati xodimlar, direktorlar, aksiyadorlar, mijozlar, yetkazib beruvchilar, shuningdek,
davlat idoralari, media kompaniyalari va davlat korxonalari bilan biznes olib borishda axloqiy kodeks me’yorlariga amal
qilishdir.
Halollik, samimiylik va yuksak darajadagi obro’-e’tibor "MESMER" ning eng muhim ustunliklaridandir. Kompaniya
o`zining yuqoridagi barcha ustunliklariga o'z xodimlari, vakillari, namoyondalari va maslahatchilari, mansabdor
shaxslari va direktorlarining uyg’un va sifatli ishi tufayli erishdi.
Bizdagi har bir xodim kompaniyaning axloq kodeksiga rioya qilish uchun javobgardir.
Shuni ta'kidlash kerakki, "MESMER" kompaniyasining ijtimoiy qadriyatlari, qonunlari va qoidalari umume'tirof
etilgan jahon standartlaridan sezilarli darajada farq qilishi mumkin (kodeksning ba'zi qoidalari turli mamlakatlarda
turlicha bo’lishi mumkin). Biroq, "MESMER" Kodeksning ta'sis tamoyillari va asosiy me’yorlari asoslangan,dolzarb va
hamma joyda qo'llaniladigan xarakterga ega bo’lib boshqa yurisdiktsiyalarning qoidalari va nizomlariga mos kelishiga
qat'iy ishonadi.
"MESMER" jahon bozorlariga yuqori sifatli mahsulotlarni yetkazib berish orqali mijozlar, xodimlar va aktsiyadorlar
oldida o‘z ustunligi, qadr-qimmati, nufuzi va obro‘sini oshirishga intiladi.
"MESMER" axloqiy me'yorlari tufayli yetkazib beruvchi, hamkor va mijozlar bizning ko’p tarmoqli kompaniyamizning yuqori malakali mutaxassislariga to'liq ishonishlari mumkin. Bizning yetkazib beruvchilarimiz "MESMER" kompaniyasining axloq kodeksiga mos keladigan axloqiy qadriyatlarga ega bo'lishi kerak.
"MESMER" bozorlarda raqobat qoidalariga rioya qilgan holda yarmarka va tenderlarda faol ishtirok etadi. Bu raqobatchilar bilan bir qatorda mijozlar va yetkazib beruvchilarga ham tegishli.
"MESMER" kompaniyasi Birlashgan Millatlar Tashkilotining barqaror rivojlanish sohasidagi 17 maqsadidan 7 tasini
amalga oshirishga hissa qo’shishga harakat qilib kelmioqda. Biz hozirda va kelajakda atrof-muhitni muhofaza qilish
orqali sayyoramiz haqida g'amxo'rlik qilishda faol rol o'ynab kelmoqdamiz.
Korporativ ijtimoiy mas’uliyat ixtiyoriy majburiyatlar, shu jumladan, korporativ amaliyotimizdagi iqtisodiy, ijtimoiy va
ekologik mezonlar va harakatlarni anglatadi.
"MESMER" da biz yangi avlod uchun barqaror kelajak yaratish orqali korporativ fuqarolik sohasida yetakchi bo‘lishga
intilamiz. Bizning atrof-muhitga oid majburiyatimiz ishlab chiqarish jarayonlarimizning global ta'sirini kamaytirishdan
iboratdir, bu esa "MESMER" ga ham, mijozlarimizga ham sog'liqni saqlash, ta'lim va atrof-muhitni muhofaza qilishni
yaxshilash orqali yanada samaraliroq ishlash imkonini beradi.
"MESMER" barcha xodimlarining sog'lig'i uchun xavfni minimallashtiradigan ish muhitini yaratishga intiladi. Biz ham
atrof-muhitga texnologik jarayonlarimizning, ham atrof-muhitga chiqindilar va ifloslantirish darajasini kamaytirish
orqali inson salomatligiga ta’siri bilan bog’liq muammolarni hal qilish hamda baxtsiz hodisalar va jarohatlarning oldini
olish uchun mehnat sharoitlarini saqlash uchun barcha harakatlarni amalga oshirmoqdanmiz.
Biz tabiiy zahiralarni o‘zlashtirishni qo‘llab-quvvatlashdan tashqari, ko‘plab muhtoj odamlarga to‘g‘ridan-to‘g‘ri
ijtimoiy imtiyozlar beramiz.