"MESMER" o`z sho'ba korxonalari va xalqaro hamkorlari bilan hamkorlikda ichki, mintaqaviy va xalqaro bozorlarda bosh pudratchi sifatida faoliyat yuritishga tayyor. Biz quyidagi xizmatlar ko`lamini taqdim etamiz:
"MESMER" eng ilg'or texnologiyalarni taqdim va tatbiq etadi:
- Jahon darajasidagi boshqaruv malakalari;
- Marketing va biznesni rivojlantirish;
- Intellektni rivojlantirishga urg’u;
- Tadqiqiy jarayon va tadqiqot natijalari;
Asbob-uskunalarning xavfsizligi va ishonchliligini ta'minlash o`rnatmalarni ekspluatatsiyada muhim rol
o'ynaydi. Ushbu
maqsadga erishish uchun "MESMER" kompaniyasi loyihaning barcha bosqichlari bo`yicha texnik-iqtisodiy
izlanishlardan
tortib, loyihalash-konstruktorlik ishlari, injiniring, xarid qilish, qurilish va tijorat ekspluatatsiyasigacha
bo'lgan
keng ko'lamli ekspluatatsiya qilish va texnik xizmatlarni taklif etadi.
"MESMER" o'z mijozlarining ehtiyojlariga muvofiq ekpluatatsiya va texnik xizmat ko'rsatish xizmatlari,
jumladan
rejalashtirish, tizimni ishlab chiqish va o'qitish kabi operatsiyaga tayyorgarlik; konsalting xizmatlari, shu
jumladan
foydani optimallashtirish, ishonchlilik va xavfsizlikni yaxshilash, shuningdek, har xil turdagi texnik xizmat
ko'rsatishni rejalashtirish, o'tkazish va ishlatish bo'yicha xizmatlarning to'liq ko’lamini taqdim etadi.
Bundan
tashqari, operatsion ma'lumotlarni to'plash va tahlil qilish orqali ehtimoliy ekspluatatsion nosozliklarni
oldindan
ko’rsa bo`ladi, bu esa bizga o`rnatma va uskunaning ishlash samaradorligini yaxshilash uchun eng ilg'or
texnologiyalarni
qo'llash imkonini beradi.
Asbob-uskunalar xarid qilish/yetkazib berish "MESMER" kompaniyasi faoliyatining asosiy tarkibiy qismlaridan
biridir. Maqsadlarimizga erishish uchun biz qurilish sohasida yaxshi tashkil etilgan va yuqori malakali
mutaxassislar
jamoasi, loyilash, boshqaruv bo'limi va boshqa mutaxassislar bilan hamkorlik qilamiz. Amaliy tajribaga
asoslanib, biz
uskunalar yetkazib berish uchun to'liq javobgarmiz:
• Asbob-uskunalarni mamlakat ichida va tashqarisida ishlab chiqarish imkoniyatlarini ko'rib chiqish.
• Mahalliy va xorijiy pudratchilar bilan ishlab chiqarish texnologiyasini mamlakat ichkarisida yetkazish va
loyihalar
uchun valyuta sarfini kamaytirish maqsadida asbob-uskunalar yetkazib berish va ishlab chiqarish bo‘yicha
shartnomalarni
boshqarish.
• Loyihalar uskunalarini yetkazib berish va ishlab chiqarishni nazorat qilish.
• Xarid qilish grafigini tuzish, jumladan, ashyolar buyurtmasi, buyurtmani texnik baholash, buyurtmani
texnik
tasdiqlash, yetkazib bersih buyurtmasi va yetkazib berish/xarid qilish sanalarini nazorat qilish.
Injiniring sho'ba korxonasi professional malaka va tajribaga ega bo'lgan loyihalash va muhandislik
guruhlarini yaratgan
holda mijozlari bilan yaqindan hamkorlik qiladi. Bizning asosiy maqsadimiz - mijozning barcha kerakli
talablarini
qondirgan holda loyihani ishlab chiqish uchun eng yaxshi yechimni topishdir. Binobarin, bizning faoliyatimiz
quyidagilarni o'z ichiga oladi:
• Tenderlar uchun texnik hujjatlarni tayyorlash, rasmiylashtirish va o'rganish, shuningdek, loyiha
spetsifikatsiyalarini
optimallashtirish.
• Subpudratchilar tomonidan bajarilgan loyihalarni ko'rib chiqish.
• Yordamchi elektr va mexanik uskunalarni loyihalash va ularni ishlab chiqarish, o'rnatish va ishga
tushirish bo'yicha
ko'rsatmalar berish.
Bosh pudratchining eng muhim vazifalaridan biri kelajakdagi loyihalar uchun moliyaviy vositalarni
tayyorlashdir.
Yuqoridagi faktni inobatga olgan holda, "MESMER" quyidagi tarzda moliyaviy yordam ko'rsatadi:
• Sarmoyadorni taqdimoti va "MESMER" ning loyihani moliyalashtirishdagi ishtiroki;
• Loyihani amalga oshirish uchun moliyaviy modellarni ishlab chiqish;
• Mahalliy va xorijiy sarmoyadorlardan moliyalashtirish bo‘yicha takliflar olish, muzokaralar tashkil etish va
zarur
sarmoyalash choralarini ko‘rish.