TASHKENT REGION
“MESMER-EAST” MChJ “ALKATAS” MChJ bilan hamkorlikda “Chirchiq shahrida 100 000 m3/kun quvvatga
ega OAVni rekonstruksiya qilish” 2-lot TS-CW-02-sonli shartnoma bo‘yicha KTI (kanalizatsiya
tozalash inshooti) da qurilish va rekonstruksiya ishlarini olib bormoqda.
Bugungi kunga kelib, pudratchi yangi ob'ektni loyihalash bosqichida. Mazkur shartnoma
“Toshkent viloyati shahar va tumanlarida ichimlik suvi ta’minoti va kanalizatsiya tizimlarini
rekonstruksiya qilish” loyihasi doirasida amalga oshirilmoqda va Toshkent viloyati aholisi uchun
ijtimoiy ahamiyatga ega.
Qurilish-loyihalash ishlari OTB (Osiyo taraqqiyot banki) tomonidan moliyalashtirilgani bois ular
ishlarning borishini tizimli ravishda kuzatib boradi. Shunday qilib, 2023-yil 25-avgust kuni
Massimo Petrone (OTB missiyasi rahbari) boshchiligidagi OTB missiyasi joriy ishlar bilan
tanishish maqsadida qurilish maydonchasiga tashrif buyurdi, pudratchi esa joriy holat bo'yicha
hisobot berib, olib borilayotgan ishlarni namoyish etdi.