COVID-19 epidemiyasi sababli hamkasblarimiz, mijozlarimiz, biznes hamkorlarimiz, yaqinlarimiz va vatandoshlarimiz
salomatligini himoya qilish uchun biz bir qator yangi ishlash odatlarini qabul qilmoqdamiz:
• Uydan/ofisdan turib ishlash
• Gigiyena/Sanitariya
• Xavfsiz muloqot
Dunyoning yetakchi kompaniyalari bilan bir qatorda "MESMER" kompaniyasi o`zi faoliyat yuritayotgan hududlarda
koronavirus tarqalishini diqqat bilan kuzatib bordi va unga qarshi kurashish bo‘yicha o‘rnak ko‘rsatmoqda. "MESMER"
o'zining qadriyatlari va mas'uliyatiga muvofiq barcha ob'ektlarda gigiyena nazoratini kuchaytirdi.
Niqoblar, dori-darmonlar, qo'llarni tozalash va dezinfektsiyalash vositalari sotib olindi, haroratni o'lchash punktlari
tashkil etildi, qo'llarni dezinfeksiya qilish nuqtalari tashkil qilindi. "MESMER" ning sog`liq, mehnat va atrof-muhitni
muhofaza qilish bo'limi, shuningdek, tibbiy xodimlarning kechayu kunduz bo`lishlarini ta`minladi. Guruh xavfsiz mehnat
sharoitlarini ta'minlash uchun qonunchilik va ilg'or tajribalarga rioya qilgan holda barcha zarur choralarni ko'rmoqda.
"MESMER" kompaniyasi koronavirus infeksiyasi tarqalishining oldini olish uchun tashkiliy, sanitariya va epidemiologik
chora-tadbirlar rejasini ishlab chiqdi. Bu Guruhning barcha loyihalarida amalga oshirilmoqda: