Yangiliklar / MESMER — O‘zbekistonda Siemens kompaniyasining rasmiy muhandislik hamkoriga aylandi

    Yangilik

    MESMER — O‘zbekistonda Siemens kompaniyasining rasmiy muhandislik hamkoriga aylandi


    MESMER kompaniyasi O‘zbekiston Respublikasida sanoat avtomatlashtirish sohasida konsalting, muhandislik va texnik xizmat ko‘rsatish bo‘yicha Siemens kompaniyasining rasmiy muhandislik hamkori maqomini olganini e’lon qilamiz.


    Alohida ta’kidlash joizki, MESMER O‘zbekistondagi suv ta’minoti va oqova suvlar (Water and Wastewater) sektori bo‘yicha Siemensning yagona muhandislik hamkori hisoblanadi!


    Ushbu muvaffaqiyat yuqori sifatli va innovatsion yechimlarni taqdim etishga bo‘lgan intilishimizning natijasidir. Siemens bilan hamkorlik bizning texnik imkoniyatlarimizni yanada kengaytirishga va mijozlarimizga xalqaro standartlarga mos keladigan eng zamonaviy texnologiyalarni taklif qilishga imkon beradi. Ishonamizki, ushbu hamkorlik yangi o‘sish va zafarlar uchun keng yo‘l ochadi!