Yangiliklar / MESMER O‘zbekiston qurilish sohasida eng yirik soliq to‘lovchilar TOP-20 ro‘yxatiga kirdi!

    Yangilik

    MESMER O‘zbekiston qurilish sohasida eng yirik soliq to‘lovchilar TOP-20 ro‘yxatiga kirdi!


    O’zbekiston Respublikasi Davlat Soliq qo’mitasi ma’lumotlariga ko‘ra, 2025-yilda mamlakat qurilish tashkilotlari iqtisodiyot rivojiga katta hissa qo‘shib, 8,5 trillion so‘mdan ortiq soliq to‘lagan. Qurilish sohasida jami 31 834 ta yuridik shaxs faoliyat yuritmoqda.


    Mazkur ma’lumotlarga ko‘ra, sohaning 20 ta eng yirik soliq to‘lovchisi tomonidan 1,3 trillion so‘mdan ortiq soliq tushumi ta’minlangan, bu esa qurilish kompaniyalari tomonidan to‘langan umumiy soliqlarning 16,2 foizini tashkil etadi.

    MESMER kompaniyasi O‘zbekiston qurilish sohasidagi eng yirik soliq to‘lovchilar TOP-20 ro‘yxatiga kirib, 2025-yil yakunlariga ko‘ra, kompaniya tomonidan 35,5 milliard so‘m soliq to‘langan.


    Ushbu natija kompaniyaning barqaror rivojlanishi, yirik infratuzilma loyihalarini amalga oshirishdagi faol ishtiroki hamda soliq majburiyatlarini mas’uliyat bilan bajarishini yana bir bor tasdiqlaydi va MESMER kompaniyasi suv ta’minoti, oqova suvlarni tozalash va ekologik infratuzilma mamlakat qurilish sektori va iqtisodiyoti rivojiga o‘z hissasini qo‘shishda davom etadi!


    Manbaa: https://gov.uz/oz/soliq/news/view/140946