Guliston gullab-yashnayotgan shahar!
“MESMER-EAST” MChJ Islom taraqqiyot bankining moliyaviy ishtirokida “Sirdaryo viloyatining Guliston, Shirin va Yangiyor shaharlaridagi Kanalizatsiya tizimini rekonstruksiya qilish va kengaytirish” SSIP/ICB/MC/W-1.2-4 shartnomasi boʻyicha Guliston shahridagi kanalizatsiya tizimlarining bir qismini qurish va rekonstruksiya qilish ishlarini yakunladi.
22,924 km quvur liniyasi yotqizildi, quvvati 4,7/13,5/5,9 l/s bo‘lgan 3 ta kanalizatsiya nasos stansiyalari o‘rnatildi. 1225 xonadon kanalizatsiya tarmog‘iga ulandi.
Bundan tashqari, quyidagi ijtimoiy ahamiyatga ega natijalarga erishildi:

1. Sanitariya xavfsizligi. Guliston shahridagi kanalizatsiya tizimlarining eskirgan yoki yetarli emasligi suv va yerlarni ifloslantiruvchi manba bo‘lib, shahar aholisi salomatligiga xavf tug‘dirardi. “MESMER-EAST” MChJ tomonidan amalga oshirilgan tizimni kengaytirish va modernizatsiya qilish ishlari oqava suvlarni samarali boshqarish, ifloslanish xavfini kamaytirish va atrof-muhitning tozaligini ta’minlash imkonini berdi.

2. Atrof-muhitni yaxshilash. Zamonaviy kanalizatsiya tizimlarining o‘rnatilishi suv resurslarini saqlash, biologik xilma-xillikni saqlash va atrof-muhitga zarar yetkazilishining oldini olishga xizmat qildi.

3. Iqtisodiy foyda. Kanalizatsiya tizimlarini takomillashtirishda baxtsiz hodisalar va suv yo'qotilishini kamaytirish hisobiga tizimni ta'mirlash xarajatlari qisqartirildi.