TASHKENT REGION
“MESMER-EAST” MChJ “ALKATAS” MChJ bilan hamkorlikda “Chirchiq shahrida 100 000 m3/kun quvvatga ega OAVni rekonstruksiya qilish” 2-lot TS-CW-02-sonli shartnoma bo‘yicha KTI (kanalizatsiya tozalash inshooti) da qurilish va rekonstruksiya ishlarini olib bormoqda.

Bugungi kunga kelib, pudratchi yangi ob'ektni loyihalash bosqichida. Mazkur shartnoma “Toshkent viloyati shahar va tumanlarida ichimlik suvi ta’minoti va kanalizatsiya tizimlarini rekonstruksiya qilish” loyihasi doirasida amalga oshirilmoqda va Toshkent viloyati aholisi uchun ijtimoiy ahamiyatga ega.

Qurilish-loyihalash ishlari OTB (Osiyo taraqqiyot banki) tomonidan moliyalashtirilgani bois ular ishlarning borishini tizimli ravishda kuzatib boradi. Shunday qilib, 2023-yil 25-avgust kuni Massimo Petrone (OTB missiyasi rahbari) boshchiligidagi OTB missiyasi joriy ishlar bilan tanishish maqsadida qurilish maydonchasiga tashrif buyurdi, pudratchi esa joriy holat bo'yicha hisobot berib, olib borilayotgan ishlarni namoyish etdi.