Yong'in-taktik mashg'ulot (mashq) odamlarni yong'inni o'chirish uchun o't o'chirish vositalaridan to'g'ri va xavfsiz foydalanishni o'rgatishni o'z ichiga oladi.
Mashg‘ulotlardan ko‘zlangan asosiy maqsad yong‘inlarni samarali o‘chirish va yong‘in tarqalishining oldini olish bo‘yicha aholiga zarur bilim va ko‘nikmalarni shakllantirishdan iborat.
Barcha faoliyat yuritayotgan ob'ektlarda mashg'ulotlar muvaffaqiyatli o'tdi. Ishchi xodimlar nazariya bilan tanishdilar va texnik mashg'ulotdan o'tdilar. Mashg‘ulotni “MESMER-EAST” MChJ mehnatni muhofaza qilish va xavfsizlik bo‘limi boshlig‘i – Aminov Muzaffar olib bordi.