2004 yildan beri:
Muhandislik, ta'minot, qurilish
ekspluatatsiya va xizmat ko`rsatish, O`zbekistonga sarmoyalar
Bozorning 3 segmentiga asosiy e'tibor:
energetika, suv ta`minoti va ekologiya infratuzilmalari
Jarohatlarsiz, baxtsiz hodisalarsiz
Xavfsizlik MESMER tashkilotida yillar davomida ustuvor vazifa bo'lib kelgan
va bu bizning xavfsizlik ko'rsatkichlarimizni yaxshilashda aniq natijalarga olib keldi
Ishonchli sarmoyalar bizga xavfsiz kelajakni ta`minlaydi
MESMER oqilona loyihalarga sarmoya kiritadi
MESMER
So`nggi 3 yilda 1500 km dan ortiq
quvur liniyalari qurildi

Biz bilan bog`lanish (24/7)

Biz bilan bog`lanish

Biz Haqimizda

downloading...

Maqsad va vazifalar

Bizning asosiy maqsadimiz butun dunyo bo‘ylab mijozlar bilan uzoq muddatli hamkorlikni rivojlantirish, innovatsion yechimlar, jahon darajasidagi xizmatlar va yuqori sifatli mahsulotlar, maksimal samaradorlik, katta texnik tajriba va sarmoyalardan maksimal daromad olish orqali yetakchi ko‘p tarmoqli kompaniya bo‘lib qolishdir.

downloading...

Niyatlarimiz

Bizning asosiy vazifamiz qurilish xizmatlari sohasida ishonchli EPC (Injiniring, Ta’minot va Qurilish) pudratchisi sifatida o’zimizni ko'rsatish va yuqori sifatli asbob-uskunalarni ishonchli yetkazib beruvchisi sifatida xalqaro e'tirofga ega bo'lish orqali mijozlarimiz tomonidan tan olinishidir. "MESMER", erishgan yutuqlarimizdan kelib chiqib, Tojikiston va Qirg‘iziston kabi qo‘shni davlatlarda o‘z faoliyatini kengaytirishni maqsad qilib qo’ygan.



downloading...

Bizning kuchli tomonlarimiz

Biz xavfsizlik, jamoada ishlash va yuqori obro'-e'tiborni saqlashning asosiy tamoyillariga amal qiladigan dinamik kompaniyamiz. Kompaniyamiz tomonidan taqdim etilayotgan innovatsion yechimlar atrof-muhit muhofazasini ta’minlagan holda loyihalarning o‘z vaqtida, sifatli va xavfsiz bajarilishining kafolati hisoblanadi.


595 Xodimlar
25 Loyihalar
10 Yetkazib beruvchilar
why_mesmer

MESMER kompaniyasi sertifikati

ISO 45001 bu ish joyida mehnat muhofazasi va texnika xavfsizligining yangi standarti
ISO 9001 sifat boshqaruvi tizimlarining holatini tavsiflaydi, sifat boshqaruvi sohasidagi jahon tajribasini umumlashtiradi
ISO 14001 ekologik boshqaruv tizimlarining holatini tavsiflaydi, kompaniyalarda progressiv ekologik siyosat tamoyillarini amalga oshirishga yordam beradi

why_mesmer

Nega "MESMER"

Biz mijozlarimizga misli ko'rilmagan va barqaror biznes natijalariga erishishda yordam berishga intiluvchi innovatsion tashkilotmiz. Ichimlik suvining tanqisligi, dunyo aholisining o'sishi va iqlim o'zgarishlari kabi jahon miqyosidagi inqirozlarni hisobga olgan holda, mijozlarimiz bizning qo'shimcha qiymatimiz, ishonchligimiz va aloqalarimizni, shuningdek, tajribalarimizni global miqyosda tezkor, samarali va xavfsiz tarzda yetkazib berish qobiliyatimizni qadrlashadi.

Batafsil
Biz qo`shimcha qiymatni OSHIRAMIZ Muhandislik va qurilish
Buyurtma bo`yicha muhandislik
Eng zamonaviy texnologiyalar

Xizmatlar

Xizmatlar
downloading... Ekspluatatsiya va texnik xizmat ko'rsatish

O`rnatmalarni ekspluatatsiysida xavfsizlik va ishonchlilikni ta'minlash muhim rol kasb etadi. Ushbu maqsadga erishish uchun "MESMER" kompaniyasi loyihaning barcha bosqichlari bo`yicha texnik-iqtisodiy izlanishlardan tortib, loyihalash- konstruktorlik ishlari, injiniring, xarid qilish, qurilish va tijorat ekspluatatsiyasigacha bo'lgan keng ko'lamli ekspluatatsiya qilish va texnik xizmatlarni taklif etadi.

"MESMER" o'z mijozlarining ehtiyojlariga muvofiq ekpluatatsiya va texnik servis ko'rsatish xizmatlari, jumladan rejalashtirish, tizimni ishlab chiqish va o'qitish kabi operatsion tayyorgarlik; konsalting xizmatlari, shu jumladan foydani optimallashtirish, ishonchlilik va xavfsizlikni yaxshilash, shuningdek, har xil turdagi texnik xizmat ko'rsatishni rejalashtirish, o'tkazish va ishlatish bo'yicha xizmatlarning to'liq ko’lamini taqdim etadi. Bundan tashqari, operatsion ma'lumotlarni to'plash va tahlil qilish orqali ehtimoliy ekspluatatsion nosozliklarni oldindan ko’rsa bo`ladi, bu esa bizga o`rnatma va uskunalarning ishlash samaradorligini yaxshilash uchun eng ilg'or texnologiyalarni qo'llash imkonini beradi.

downloading... Ekspluatatsiya va texnik xizmat ko'rsatish
downloading... Moliyaviy yordam

Bosh pudratchining eng muhim vazifalaridan biri kelajakdagi loyihalar uchun moliyaviy vositalarni tayyorlashdir. Yuqoridagi faktni inobatga olgan holda, "MESMER" quyidagi tarzda moliyaviy yordam ko'rsatadi:
• Sarmoyadorni taqdimoti va "MESMER" ning loyihani moliyalashtirishdagi ishtiroki.
• Loyihani amalga oshirish uchun moliyaviy modellarni ishlab chiqish.
• Mahalliy va xorijiy sarmoyadorlardan moliyalashtirish bo‘yicha takliflar olish, muzokaralar tashkil etish va zarur sarmoyalash choralarini ko‘rish.
• Eng kam xarajatlarga ega bo'lgan moliyalashtirish manbalarini tan olish to'lovning davomiyligini kafolatlaydigan eng yaxshi shart va xatarlarni qaytarish va boshqalar.

downloading... Moliyaviy yordam
MESMER

Axloq kodeksi

"MESMER" kompaniyasining siyosati xodimlar, direktorlar, aktsiyadorlar, mijozlar, yetkazib beruvchilar, shuningdek, davlat idoralari, media kompaniyalari va davlat korxonalari bilan biznes olib borishda axloqiy kodeks me’yorlariga amal qilishdir. halollik, samimiylik va yuksak darajadagi obro’-e’tibor "MESMER" ning eng muhim ustunliklaridandir. Kompaniya o`zining yuqoridagi barcha ustunliklariga o'z xodimlari, vakillari, namoyondalari va maslahatchilari, mansabdor shaxslari va direktorlarining uyg’un va sifatli ishi tufayli erishdi.
Bizdagi har bir xodim kompaniyaning axloq kodeksiga rioya qilish uchun javobgardir. Shuni ta'kidlash kerakki, "MESMER" kompaniyasining ijtimoiy qadriyatlari, qonunlari va qoidalari umume'tirof etilgan jahon standartlaridan sezilarli darajada farq qilishi mumkin (kodeksning ba'zi qoidalari turli mamlakatlarda turlicha bo’lishi mumkin). Biroq, "MESMER" Kodeksning ta'sis tamoyillari va asosiy me’yorlari asoslangan,dolzarb va hamma joyda qo'llaniladigan xarakterga ega bo’lib boshqa yurisdiktsiyalarning qoidalari va nizomlariga mos kelishiga qat'iy ishonadi. "MESMER" jahon bozorlariga yuqori sifatli mahsulotlarni yetkazib berish orqali mijozlar, xodimlar va aktsiyadorlar oldida o‘z ustunligi, qadr-qimmati, nufuzi va obro‘sini oshirishga intiladi.

Adolatli raqobat

"MESMER" bozorlarda raqobat qoidalariga rioya qilgan holda yarmarka va tenderlarda faol ishtirok etadi. Bu raqobatchilar bilan bir qatorda mijozlar va yetkazib beruvchilarga ham tegishli.

Sifat nazorati

"MESMER" sanoat va boshqa qurilish loyihalarini loyihalash va boshqarish sohasida o‘n yildan ortiq tajribaga ega. Malakali va tajribali xodimlarimiz, va ISO 9001:2008 xalqaro standartlari va loyihalarni boshqarish standartlariga muvofiq texnik me’yorlarga rioya qilish tufayli biz o'z oldimizga quyidagi vazifalarni qo'ydik:
• Mijozlarning barcha talablariga javob beradigan sifatli xizmatlarni taqdim etish;
• Kompaniya mavqeini xalqaro sifat standartlariga muvofiq milliy va xalqaro darajada ishonchli EPC pudratchisi darajasiga ko'tarish;
• Xodimlar salomatligi, xavfsizligi va atrof-muhitni muhofaza qilish qoidalariga rioya qilish;
• Kompaniya xizmatlari sifatini oshirish uchun xodimlarni doimiy ravishda o'qitish va qayta tayyorlash hamda jamoaviy ishtirok etish madaniyatini rag’batlantirish;
• Jarayonlarni aniqlash, joriy etish va monitoring qilish, shuningdek kompaniya faoliyatini muntazam ravishda baholash orqali sifatni boshqarish tizimini doimiy ravishda takomillashtirish;
• Kompaniya loyihalarini amalga oshirish uchun eng yangi texnologiyalarni qo'llash;
• Kompaniya faoliyatini takomillashtirish uchun integratsiyalashgan boshqaruv tizimlari va zamonaviy axborot texnologiyalarini qo'llash;
Kompaniyaning muvaffaqiyati uning barcha xodimlarining standartlar va sifat tizimlarini to'g'ri tashkil etish va qo'llab- quvvatlashda ishtirok etishi va hamjihat sa'y-harakatlari, va shuningdek, kompaniyaning barcha faoliyatini doimiy ravishda takomillashtirishga bog'liq. Kompaniya rahbariyati yuqoridagi maqsadlarni amalga oshirish uchun shart-sharoitlar yaratishda har tomonlama qo‘llab-quvvatlashini qat’iy bildiradi.

Biz barqaror rivojlanishga o'z hissamizni qo'shamiz


"MESMER" kompaniyasi Birlashgan Millatlar Tashkilotining barqaror rivojlanish sohasidagi 17 maqsadidan 7 tasini amalga oshirishga hissa qo’shishga harakat qilib kelmioqda. Biz hozirda va kelajakda atrof-muhitni muhofaza qilish orqali sayyoramiz haqida g'amxo'rlik qilishda faol rol o'ynab kelmoqdamiz.

references

Loyihalar

Biz mijozlarimizga o'z korxonalarida misli ko'rilmagan va barqaror unumdorlik va natijalar bilan ishlashga yordam berish uchun g'oyalarimizni namoyish etadigan innovatsion kompaniyamiz.

Batafsil

Ijtimoiy majburiyatlar

Mas'uliyatli kompaniya sifatida biz o'z faoliyatimizda ijtimoiy mas'uliyatni va biz bilan ishlayotgan jamoalar haqida g`amxo`rlik qilishni o'z zimmamizga olganmiz.

Batafsil
references

Biz bilan bog'lanish

location
Toshkent shahri, Olmazor tumani, Shiroq ko'chasi, 100-bino. Indeks 100069
phone
55 5188869 / 55 5188870 / 55 5188871 / 55 5188876 / 55 5188879
mail
info@mesmer.uz

Xabaringizni shu yerda qoldiring